VXL. "Humo" bugun debyutant klubga qarshi o‘ynaydi
Shahzod
Bugun Oliy xokkey ligasi muntazam chempionatida navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida "Rostov" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahs soat 19:30 da "Humo-Arena" muz saroyida boshlanadi.
Ma’lumot uchun, "Humo" singari joriy yilgi mavsumdan VXLda ishtirok etayotgan "Rostov" klubi hisobida 16 ta uchrashuvdan so‘ng 11 ochko mavjud va jamoa turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. 13 ochkosi bor "Humo" esa 15-pog‘onadan joy olgan.


Izohlar (0)