
WBC iyul oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Bahodir Jalolov yuqoriladi
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) iyul oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Mazkur ro‘yxatdan 8 nafar bokschimiz joy olgan:
Superog‘ir vazn:
Bahodir Jalolov avvalgi oydan 1 pog‘ona ko‘tarilib, 9-o‘rinni egalladi.
Supero‘rta vazn toifasi (76,2 kg):
Bektemir Meliqo‘ziev esa o‘tgan oydagidan bitta pog‘ona pastga tushdi va 14-o‘rinda qayd etildi.
Yarimo‘rta vazn (66,6 kg):
Shahram G‘iyosov o‘tgan oydagi kabi 8 -o‘rinni band etib turibdi.
Yarimo‘rta vazn (66,6 kg):
Jahongir Rasulov esa anchagina o‘sishga erishdi va 4 pog‘ona yuqorilab, 27-o‘rinni eband etdi.
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg):
Murodjon Ahmadaliev 4-o‘rinda qayd etilgan.
Mirazizbek Mirzaxalilov ham o‘tgan oydagi kabi 28-o‘rinni egallab turibdi.
O‘ta engil vazn (50,82 kg):
Olimjon Nazarov o‘tgan oydagidan 4 pog‘ona pastladi va 34-o‘ringa joylashdi.
Birinchi o‘ta engil vazn (47,6 kg):
Hasanboy Do‘smatov avvalgi oydagi kabi 5-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar