WBC qarorni Bahodir Jalolov foydasiga chiqardi

  • 10.09.2026 20:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik mashhur bokschi Bahodir Jalolov (17-0, 15 KO) Jahon boks kengashining (WBC) yangilangan reytingida ikki pog‘ona yuqori ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

WBCning superog‘ir vazn toifasidagi so‘nggi reytingiga ko‘ra, Jalolov hozirda 11-o‘rinni egallab turibdi. Ilgari u 13-pog‘onada qayd etilgan edi.

Reytingda Bahodirdan yuqori qatorlarda, jumladan, ukrainalik Andrey Novitskiy ham joy olgan. U ham o‘z ko‘rsatkichini yaxshilab, 12-o‘rindan 10-pog‘onaga ko‘tarildi. Ro‘yxatning yetakchi pog‘onasida esa hali ham britaniyalik Tayson Fyuri joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov o‘zining so‘nggi jangini 9 may kuni Manchester shahrida o‘tkazgan edi. Ushbu bahsda u xorvatiyalik supertyazh vazn vakili Agron Smakični muddatidan oldin mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Turaev Ikromjon
10/09/2026 22:03
Чемпионлик жангига харакат хам килмайди. Каердагилар билан жанг килади
Baxil Alihuja
10/09/2026 21:03
11-урин Бохога уят, шармандалик!
аллакачон абсолют чемпион булиши керак эди
рекламани йигиштириш керак энди