WBC Rayan Garsiyani reytingdan olib tashlamoqchi

  • 5 iyul, 2024, 19:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

WBC rahbari Maurisio Sulayman X(sobiq Twitter) da Rayan Garsiyani (25-1, 20 KO) promushendan chetlatishini ma’lum qildi. 

"Bundan buyon Garsiya Butunjahon boks kengashi tomonidan ruxsat etilgan janglarda qatnasha olmaydi va uning reytingida tasniflanmaydi.Biz kamsitishning barcha shakllarini qoralaymiz. Biz Rayanning ahvolidan xavotirdamiz. Ruhiy salomatligi tiklashi va giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi uchun qo‘ldan kelgancha unga yordam qo‘lini cho‘zdik. Ammo Rayanning o‘zi yordamimizni rad etdi", – deb yozadi Sulaymon.

WBC prezidentining bu qarorga kelishiga bokschining yahudiylar, afro-amerikaliklar va gomoseksuallarni haqoratlagani va  irqchilik qilgani sabab bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!