Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

World Boxing kubogi. Ikki nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi, bir nafari esa bronza medalini qo‘lga kiritdi!

Javohir Malikov
Izohlar: 0

World Boxing tashkiloti kubogida yarim final bahslari bo‘lib o‘tmoqda

World Boxing tashkiloti kubogida yarim final bahslari bўlib o‘tmoqda.

-48 kg vaznda hamyurtimiz Farzona Fozilova ispaniyalik Marta Lopezga imkon qoldirmadi  – 5:0.

-65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova angliyalik Sacha Khiskeyga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli kechgan jangda Hamidova raqibasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi.

+90 kg vazn toifasidagi sportchimiz Jahongir Zokirov yarim final bahsida bizga yaxshi tanish bo‘lgan va anchagina jiddiy raqib, armanistonlik David Chaloyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Murosasiz kechgan jangda afsuski hakamlar Chaloyanning 3:2 hisobidagi g‘alabasini e’tirof etishdi va Zokirov bronza medali bilan cheklandi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q