"World Boxing" tashkiloti kubogi. Ilk kunda 2 nafar bokschimiz musobaqani tark etdi, bir nafari esa keyingi bosqichga yo‘l oldi
Xitoyning Guiyang shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi start oldi va terma jamoamizdan birinchi bo‘lib, -80 kgdagi vakilamiz Ruxshona Parpieva ringga ko‘tarildi. U fransiyalik Davina Mishelga qarshi bahs yuritdi va afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-54 kg vazn toifasida Aziza Yoqubova hindistonlik Poonam bilan kursha olib bordi. Birinchi raundni o‘z foydasiga hal qilgan Yoqubova qolgan 2 raundda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yakuniy hisob 0:5 ko‘rinish oldi.
Jahon kubogining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan, so‘nggi vakilimiz Arman Mahanov ishtirokidagi jang ham o‘z yakuniga yetdi. U bolgariyalik Kiril Georgievga qarshi ringga ko‘tarildi. Butun jang mobaynida katta ustunlikka erishgan Mahanov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar