Xabi Alonso: "Bu bahs — haqiqiy Evropa klassikasi!"

  • 21 oktabr, 17:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Chempionlar ligasi 3-turidagi "Yuventus"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Bu bahs — haqiqiy Evropa klassikasi. Jamoalar ko‘p marta to‘qnash kelgan, men ham ayrim o‘yinlarda ishtirok etganman. Biz o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va Chempionlar ligasida uchinchi g‘alabamizni qo‘lga kiritishni istaymiz. Odamlar "Bernabeu"ga katta o‘yinlarni ko‘rish uchun keladi, biz ularga hissiyot uyg‘otadigan o‘yin taqdim etishimiz kerak", — dedi Alonso.

Xabi Alonso, Head Coach of Real Madrid, looks on during the LaLiga EA Sports match between Getafe CF and Real Madrid CF at Coliseum Alfonso Perez on...

Suhbat davomida murabbiydan "Yuventus" sifati haqida ham so‘rashdi:

"Biz turinliklarga qarshi o‘yinga jiddiy munosabatdamiz. Har qanday italiyalik jamoa xavfli bo‘lishi mumkin, hatto yaxshi formada bo‘lmagan taqdirda ham. Masalan, o‘tgan mavsum "Milan" qanday formada ekanligini eslamayman, lekin o‘yin qanday o‘tganini yaxshi eslayman. Tarixni unutmaslik kerak. "Yuve" — o‘tmishda ham, hozir ham buyuk jamoa. Ular tarkibida ajoyib futbolchilar bor, jumladan Yildiz ham. U katta yutuqlarga erishdi. U "Bavariya"da men bilan bir paytda bo‘lgan. Uning rivojidan juda xursandman.

Taktik jihatdan "Yuventus" juda kuchli jamoa. Ular pozitsiyalarini tez-tez o‘zgartiradi, rotatsiya qiladi. Agar siz pozitsion jihatdan etarlicha kuchga ega bo‘lmasangiz, ular sizni muvozanatdan chiqarishi mumkin. Biz bu jihatda ehtiyotkor bo‘lishimiz, to‘pni nazorat qilishimiz, vertikal o‘yin ko‘rsatishimiz va o‘yinni o‘zimiz xohlagan tarzda olib borishimiz kerak", — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!