Xabi Alonso "Chelsi"ga "Barsa"dan ikki futbolchini olib keladi

  • 18.10.2026 19:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyalik mutaxassis London klubi uchun rejalarini aniqlab oldi

«Chelsi» qishki transfer oynasini faol o‘tkazishi mumkin. Football365 nashri xabariga ko‘ra, londonliklar bir vaqtning o‘zida «Barselona»ning ikki futbolchisini olib kelishga harakat qilmoqda.

Manba ma’lumoticha, jamoaning bosh murabbiyi Xabi Alonso himoyachi Jyul’ Kunde va yarimhimoyachi Frenki de Yongni o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. I

spaniyalik mutaxassis bu ikki kelishuvni ham yanvar oyidayoq rasmiylashtirish tarafdori.

Hozircha «Chelsi» Angliya premyer-ligasi jadvalidа 13 ochko to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Kecha, 17 oktyabr kuni, londonliklar o‘z maydonida «Everton»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!