Xabi Alonso keyingi yetti yilda jamoa yetakchisi kim bo‘lishini aytdi

  • 17.09.2026 09:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso yozda “aristokratlar” safiga “Aston Villa” klubidan o‘tgan hujumkor futbolchi Morgan Rojers haqida fikr bildirdi.

- Tarkibni shakllantirishda muhim qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi va Morgan, shubhasiz, shunday qarorlardan biri bo‘ldi. Hozirgi kun uchun ham, kelajakni hisobga olgan holda ham bunday darajadagi futbolchini qo‘lga kiritish biz uchun juda muhim edi.

U keyingi olti-yetti yil davomida jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘ladi. Hozirning o‘zidayoq u klubga katta ta'sir ko‘rsatmoqda, - dedi Alonso BBC nashri vakillari bilan suhbatda.

Futbolchining “Aston Villa”dan transferi haqida 21 iyul kuni ma'lum qilingan edi. Avvalroq Rojersning transferi 117 million funt sterling (137  million yevro ) miqdorida ekani xabar qilingan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, bu “Chelsi” tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi. Avvalgi rekord yarim himoyachi Enzo Fernandezning 121 million yevroli transferi edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!