Xabi Alonso Londonning top-klubini boshqarishi mumkin

  • 03.05.2026 16:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso "Chelsi"ni boshqarishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar rahbariyati ispaniyalik mutaxassis bilan aloqaga chiqib, ehtimoliy hamkorlikni muhokama qilgan. 44 yoshli murabbiy aniq shart qo‘ygan — u sport masalalarida ko‘proq nazoratga ega bo‘lishni istaydi. Bu talab u "Bayer"da ishlagan davridagi vakolatlarga o‘xshash.

Ayni paytda Xabi Alonso "Chelsi" ko‘rib chiqayotgan yagona nomzod emas. Klub Liam Rosenyor bilan xayrlashganidan so‘ng yana bir nechta murabbiy variantlarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sobiq "Liverpul" yarim himoyachisi joriy yil yanvaridan beri ishsiz — u "Real"da yarim yil ishlaganidan keyin lavozimidan ozod etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!