Xabi Alonso mashhur klub taklifini rad etdi
Xabi Alonso yanvarda “Real” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarganidan beri oʻziga boʻlayotgan takliflarni oʻrganib chiqmoqda.
The Touchline nashri taniqli jurnalisti Fabris Xokinsga tayanib xabar berishicha, yaqinda “Marsel” klubi Alonso bilan bogʻlanib, uni jamoani boshqarishga taklif etgan.
Biroq Alonso Fransiyaning mashhur klubi taklifini rad etdi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, Xabi Alonso ayni paytda “Marsel” klubida beqaror vaziyat hukm surayotgani bois, bu jamoani qabul qilib olish variantidan voz kechgan.
“Marsel” klubi yaqinda “Pari Sen-Jermen”dan 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchraganidan keyin jamoani boshqarib kelgan taniqli murabbiy Roberto de Dzerbi lavozimini topshirishni ma'qul koʻrdi.
Fikrlar