Xabi Alonso “Real” muxlislariga bor haqiqatni aytdi

  • 13.01.2026 16:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Real”da bir necha oy bosh murabbiy bo‘lib ishlagan ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso jamoadan ketganidan keyin madriddlik muxlislarga murojaat qildi.

Alonsoning isteʼfosi haqida “Real” matbuot xizmati 12 yanvar kuni xabar bergan edi. Jamoaga Alvaro Arbeloa bosh murabbiy etib tayinlandi.

- Bu professional bosqich o‘z yakuniga yetdi va, afsuski, barchasi biz istagandek kechmadi. “Real”ni murabbiy sifatida boshqarish men uchun ulkan sharaf va katta masʼuliyat edi.

Klubga, futbolchilarga va, eng avvalo, muxlislarga, butun madriddliklarga ishonch va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Men bu yerdan hurmat, minnatdorchilik tuyg‘ulari va qo‘limdan kelgan barcha ishni qilganimdan faxr hissi bilan ketmoqdaman, - deb yozdi Alonso ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Avval Xabi Alonso Leverkuzenning “Bayer” klubida ishlagan bo‘lib, bu jamoani tarixda ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!