Xabi Alonsoga kutilmagan superklubdan ish chiqdi
Ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso “Chelsi” rahbariyati yangi bosh murabbiy sifatida ko‘rib chiqayotgan uch murabbiy qatoriga kiritildi.
Bu haqida The Sun xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, London superklubi ayni paytda ishsiz yurgan Xabi Alonsodan tashqari Angliya Premier-ligasida muvaffaqiyatli ishlayotgan yana ikki mutaxassis bilan hamkorlik qilishni ko‘zlab turibdi.
Bular – “Fulxem” bosh murabbiyi Marku Silva va mavsum oxirida “Bornmut”ni tark etadigan Andoni Iraola. “Chelsi” ushbu uch mutaxassis bilan muzokara o‘tkazishni va ular orasidan eng ma’qulini tanlashni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” jamoa o‘yinidagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin yaqinda tayinlangan bosh murabbiy Liam Rosenyorni vazifasidan ozod etgan edi.

Fikrlar