Xabib Nurmagomedov Abduqodir Husanov va Pep Gvardiola haqida hazilomuz fikr bildirdi
UFC ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov APLning 20-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Manchester Siti" — "Chelsi" uchrashuvini (1:1) stadiondan tomosha qildi.
Nurmagomedov o‘yin davomida "Manchester Siti" himoyachisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanovning zahiradan maydonga tushishi bilan bog‘liq epizodga hazilomuz izoh qoldirdi. Ushbu vaziyat haqida u o‘zining Telegram kanalida quyidagicha yozdi:

"Menga juda ham qiziq – ular qaysi tilda gaplashayotgan edi: Pep o‘zbek tilini bilmaydi, Husanov esa ingliz tilini."
Fikrlar