Xabib Nurmagomedov: "Manchester Siti" futbolchilarini zalimga kiritmasdim!
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov "Manchester Siti" klubi futbolchilari bilan uchrashdi va ularni nima uchun sport zaliga kiritmasligini tushuntirdi.
“Ularga pushti rangli futbolkalarda sport zalimga kiritmasligimni aytdim. Ular hazillashmayotganimni anglamay kulishdi”, – deya Xabib Telegram kanaliga joylagan suratga izoh qoldirdi.

Shuningdek, MMA afsonasi Instagram ga joylagan "story" sida hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirib, futbolchimizga omad tiladi.
Fikrlar