Xabib Nurmagomedov: "O'sha nutqim MMAni butunlay o'zgartirib yubordi"

  • 20.01.2026 16:05
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Rossiyalik UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan to‘qnashuvini eslab o‘tdi.

"Menga Eddi Al’varesga qarshi titul jangi uchun shartnoma yuborishdi. Men esa uni imzoladim, biroq keyin Al’varesning Konor bilan to‘qnashuvini e’lon qilishdi. UFC mendan Eddini Makgregor bilan bahsga ko‘ndirish uchun foydalandi. U shartnoma imzoladi, men esa chetda qoldim. Shunda ham bu adolatsizlik, deb nolimadim.

Men ulardan Dastin Por’eni nokautga uchratgan Maykl Jonson bilan Nyu-Yorkdagi UFC turnirida jang berishlarini so‘radim. Chunki Jonson o‘sha paytda TOP-4 da edi. Oxir-oqibat unga qarshi oktagonga ko‘tarildim. Bu UFC tarixidagi eng katta chiqishlardan biri bo‘ldi. O‘sha yerda men MMA ni butunlay o‘zgartirgan nutqni aytdim: “Men sizning jo‘jangiz bilan jang qilmoqchiman. Bu men uchun eng oson bahs.” O‘sha kuni Konor ham chiroyli g‘alabaga erishdi, men ham yutdim.

Vazn o‘lchash marosimida esa oramizda keskinlik yuzaga keldi. Hammasi o‘shandan boshlandi. Ammo bugungi ko‘plab muxlislar bu tarixni umuman bilishmaydi", — dedi Nurmagomedov “Udar” telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktyabr oyida Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorni to‘rtinchi raundda bo‘yin bo‘gib qo‘ygan edi. Jangdan so‘ng irlandiyalikning jamoasi bilan yuzaga kelgan mushtlashuv Xabibning 9 oyga diskvalifikatsiya qilinishi va 500 ming dollar jarimaga tortilishiga sabab bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!