Xabib Nurmagomedov: "Usman Nurmagomedov o‘z burchagini tinglashni biladi"

  • 01.09.2025 21:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Bellator chempioni Usman Nurmagomedov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Usmanning jangchi IQ si yuqori. U bahsni qanday olib borishni biladi. Menga eng yoqadigan jihati — burchakni tinglashi va jangni chiroyli, to‘g‘ri tashkil qilishidir. Men amakivachchamga sekundant bo‘lib turganimda ham hayajonlanaman, biroq bir vaqtning o‘zida unda juda ko‘p jihatlarda ustunlik borligini his qilaman. Usman barcha yo‘nalishlarda katta mahoratga ega", - dedi MMA afsonasi.

Eslatib o‘tamiz, Usman Nurmagomedov hozirda Bellator ning engil vazn toifasidagi (70 kg) chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!