Xabib Nurmagomedovning papaxalari kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

  • 22.11.2025 18:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Telegram asoschisi Pavel Durov MMA afsonasi Xabib Nurmagomedovning mashhur papaxalari kimoshdi savdosiga qo‘yilishini ma’lum qildi.

"Xabibning an’ana, erkinlik va hurmat ramzi bo‘lgan afsonaviy papaxalari bugun auktsionida sotiladi. 29:0 rekordga ega jangchi aytganidek, bular oddiygina qimmatbaho narsa emas, balki, mazmunli hayotning bir tasviridir", - deb yozdi Durov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov oxirgi jangida Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tarilib, 2-raundda sabmishn orqali g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!