Xabib Rossiyada jang o‘tkazishga ishonmoqda

UFC ning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini Moskva yoki Sankt-Peterburgda o‘tkazishiga ishonmoqda.

"UFC bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi va davom etmoqda. Men Moskvada yoki Sankt-Peterburgda jang qilishni juda xohlayman.

Keyingi jangimni Rossiyada o‘tkazishimga 80% aminman. Dana Uaytga bosim o‘tkazishni istamayman, ammo u Abu-Dabida va Rossiyada o‘tgan turnir saviyasini ko‘rdi. Butun dunyo ko‘rdi.

O‘ylaymanki, UFC bu erda musobaqa o‘tkazishdan mamnun bo‘ladi ”,-  dedi Xabib Birinchi kanalga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!