Xalqaro faoliyatini yakunlagan Messini yana Argentina terma jamoasiga chaqirishdi
“Inter Mayami”ning 39 yoshli hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasining yaqinida bo‘lib o‘tadigan Boliviya (30 sentabr), Burkina-Faso (3 oktyabr) va Benin (6 oktyabr) terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga chaqirildi.
Bu haqida Argentina futbol assotsiatsiyasining (AFA) rasmiy saytida xabar berildi.
Avvalroq Beninga qarshi uchrashuv Messi uchun xayrlashuv o‘yini bo‘lishi xabar qilingan edi. 2022 yildgi jahon chempioni bilan xayrlashuv marosimi Buenos-Ayresdagi “Monumental” stadionida tashkil etiladi. Beninga qarshi o‘yinga 2022 yildgi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan tarkibning barcha futbolchilarini taklif qilish rejalashtirilmoqda.
31 avgust kuni Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi. “Albiseleste” safida hujumchi 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar