Xalqaro stol tennisi federatsiyasi XOQning yordamiga muhtoj emas

  • 26 may, 2020, 17:32
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Ayni paytda yuzaga kelgan pandemiya va karantin sabab ko‘plab sohalar iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani sir emas. Bunday muammolar xalqaro sport tashkilotlarini ham chetlab o‘tmasligi tayin. Boz ustiga Tokio Olimpiadasi 1 yilga kechiktirilgach xalqaro federatsiyalar o‘zlarining moliyaviy smetalarini qayta ko‘rib chiqishi tabiiy.

Shu bois Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiya sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalarga moliyaviy ko‘mak ajratishini ma’lum qilgan edi. Xalqaro stol tennisi federatsiyasi pandemiya paytida yuzaga kelayotgan moliyaviy muammolar davrida XOQdan yordam olishiga ehtiyoji yo‘qligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, XOQ Tokio Olimpiadasigacha bo‘lgan davrda xalqaro federatsiyalar va Milliy olimpiya qo‘mitalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million AQSh dollari ajratishini ma’lum qilgan. Shu paytgacha Xalqaro og‘ir atletika, Xalqaro o‘q otish sporti federatsiyasi va Xalqaro gandbol federatsiyalari mazkur fonddan olinadigan mablag‘ga ehtiyoji yo‘qligini ta’kidlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!