Xames 3 haftaga safdan chiqdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges mushaklaridagi jarohat sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kolumbiyalik futbolchi La Liganing 2-turidan o‘rin olgan “Valyadolid”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘ldiki u 3 hafta jamoasiga yordam berolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xames so‘nggi ikki mavsumni “Bavariya”da ijarada o‘tkazgan edi.
Fikrlar