Xames "Real"da qolishi mumkin, agar...

  • 19.07.2019 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges "Real"da qolishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar Isko jamoadan ketsa, murabbiylar shtabi Xamesni tarkibda saqlab qolishmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, 27 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi 80 mln evroga baholanmoqda va “qirollik klubi” uning transferi bo‘yicha rasmiy takliflar kutmoqda.

Xamesga esa "Napoli", "Atletiko" va PSJ klublari xaridor bo‘lishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames Rodriges so‘nggi ikki mavsumni Myunxenning “Bavariya” klubida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!