Xamzat Chimaev "Chechenistonning 2025 yildagi eng yaxshi sportchisi" deb topildi

  • 24.12.2025 17:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

-84 kg vazn toifasida UFC chempioni Xamzat Chimaev "Chechenistonning 2025 yildagi eng yaxshi sportchisi" deb topildi. Bu haqda Checheniston Sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Xamzat Xizarovich Chimaev - yorqin uslubga ega aralash yakkakurash ustalaridan biri. Uning MMAdagi ishonchli ishtiroki va ajoyib g‘alabalari uni nafaqat jahon sporti yulduziga, balki butun respublika uchun faxr va ilhom manbasiga aylantirdi. Bukilmas iroda, mehnatsevarlik va g‘alabaga intilish unga haqli ravishda "Yil sportchisi" unvonini keltirdi. Mukofotni Checheniston Respublikasi rahbari, Rossiya Qahramoni Ramzan Axmatovich Qodirov va Checheniston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Axmat Qodirov topshirdi", - deyiladi press-relizda.

Eslatib o‘tamiz,  Chimaev "UFC 319" turnirida Drikus dyu Plessini engib, o‘rta vaznda promoushen chempioniga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!