Hamzat Chimaev endi qaytmaydi

  • 26.05.2026 22:21
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik UFC jangchisi Paulo Kosta ikki hafta oldin Shon Striklenddan mag‘lubiyatga uchragan Hamzat Chimaevning oktagonga qaytishiga ishonmayapti.

"Bilaman, ko‘pchilik men va ochofat Chimaev jangini ko‘rishni xohlaydi, Lekin bu sodir bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Nega? Chunki Hamzat sindi, uning kuni bitgan. Endi qaytib kelmasa kerak. Bilasizmi, bizning to‘qnashuvni u mag‘lub bo‘lmasdan oldin istagan edim, lekin psixologik barqarorlik uning fazilatlaridan emas. Agar u qaytishni xohlasa, ko‘p muammolarni hal qilishi kerak", - deb yozdi braziliyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimaev oxirgi jangida Striklenddan ochkolar evaziga yengildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!