Hamzat Chimaev: "Menga rekord emas, katta janglar kerak"

  • 21.02.2026 20:26
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat Chimaev braziliyalik Aleks Perreyra uning chaqiruviga javob bermaganini ta’kidladi.

"Aleks hali ham chaqiruvimga javob bermadi... Ko‘ramiz, balki o‘rniga boshqasi topilar. Men faqat ikki karra chempion bo‘lishni, keyin o‘z vazn toifamga qaytib, divizionni tozalashni xohlayman. Men UFC ni mag‘lubiyatsiz tark etishga harakat qilayotgan jangchi emasman. Menga bu muhim emas. Menga katta nomlar va katta to‘qnashuvlar kerak", – deya chechenistonlikning so‘zlarini keltirdi "TotalProSports".

Ma’lumot uchun, ba’zi xorij manbalari Xamzat Chimaev 11 aprel kuni "UFC 327" turnirida chexiyalik Irji Prohazkaga qarshi oktagonga chiqishi haqida yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!