Hamzat Chimaev: "Qalqonsimon bezimning yarmi yo‘q"
MMA yulduzi Hamzat Chimaev UFC promousheniga e'tiroz bildirdi.
"Biroz g'alati vaziyat. UFC ga 1-2 yil kutishni istamasligimni aytib, Abu-Dabida jangga tayyorligimni bildirgandim. Shundan so'ng ular darhol Shon va Imomov to'qnashuvi haqida gapira boshladi. To'g'ri, bu rasmiymi yoki yo'q, aniq bilmayman. Agar bu rost bo'lsa, menga kim bilandir jang qilish, pul topish va kamarni tezroq qaytarib olishga imkon bering.
Agar UFC dekabrda ham taklif bermasa, tanaffus olaman. Boisi jarohatlarim ko'p, ularni davolash kerak. Aks holda, operatsiyalarim cho'zilib, chempionlik bahsiga qandaydir muammolar bilan chiqishimga to'g'ri keladi. Ochig'i, muammolarim, jarohatlarim haqida gapirishni unchalik yoqtirmayman, biroq odamlar mening tez-tez kasal bo'lib turishimni ham bilishadi. Qalqonsimon bezimning yarmi yo'q, yettita narkoz, olti marta operatsiya bo'lganman", – dedi Hamzat.
Eslatib o'tamiz, Chimaev "UFC 328" turnirida Shon Striklenddan ochkolar evaziga mag'lubiyatga uchragandi.

Fikrlar