Hamzat Chimaev vafot etdimi?

  • 17.01.2026 08:19
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Kechа ijtimoiy tarmoqlarda Grozniyda yuqori martabali Checheniston amaldorlari ishtirokida yо‘l-transport hodisasi haqidagi xabar tarqaldi.  Keyinchalik, unda Adam Qodirovning korteji ishtirok etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 

Checheniston muxolifati harakati manbalarga tayanib, yuqori tezlikda harakatlanayotgan kortej to‘siqqa duch kelganini, natijada bir nechta transport vositalarining to‘qnashuviga sabab bo‘lganini da’vo qilmoqda. 

Manbalarning xabar berishicha, baxtsiz hodisadan so‘ng, Grozniy markazidagi ko‘chalar yopildi va jabrlanuvchi — ehtimol Adam Qodirov — respublika kasalxonasiga olib ketildi. Biroq, kichik Qodirov, shuningdek, boshqa jarohatlanganlarning soni va ahvoli haqida aniq yoki tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. 

Ammo Grozniy rasmiylari Chimaevning ahvoli haqida xabar berishdi.

Chechenistondagi bir nechta manbalar baxtsiz hodisa haqidagi xabarni tasdiqladi. Ularning ba’zilari UFC chempioni Xamzat Chimaevning avtohalokat paytida Adam Qodirov bilan birga mashinada bo‘lganini xabar qilgandi (Manba: Ingushetiyaning "Fortan"ga nashri). Biroq, dastlab voqea haqida ma’lumot tarqatgan Checheniston muxolifati harakati Chimaev haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Shunga qaramay, rasmiy Grozniy sportchi tirik va sog‘-salomat ekanligini aytib, Xamzat haqidagi xabarlarni rad etdi.  

"Chimaev ishtirokidagi halokatli baxtsiz hodisa haqidagi ma’lumotlar bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Lekin u hozir Dubayda. Uning ahvoli yaxshi", - dedi "Chechnya Segodnya" axborot agentligi Adam Qodirovni tilga olmagan holda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!