Xamzat Chimaevga ikki munosib raqib topildi

  • 11.09.2025 17:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

84 kg vazn toifasidagi UFC jangchisi Kelvin Gastelum amaldagi chempion Xamzat Chimaev bilan kimlar raqobat qila olishini aytdi.

“Menimcha, Chimaev bilan jang qilish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jangchi — bu Rene de Ridder. Ular o‘rtasidagi bahs katta shov-shuvga sabab bo‘lib, tomoshabinlar e’tiborini tortadi. Ammo Nassurdin Imamovni ham hisobdan chiqarmaslik kerak. U Israel Adesanyani nokaut qilgan va Borralyoni mag‘lub etgan. Frantsiyalik — chempion uchun haqiqiy xavf”, - dedi Gastelum matbuot anjumanida

Eslatib o‘tamiz, Nassurdin Imamov oxirgi jangida Kayo Borraloni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra taslim etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!