
Xamzat Chimaevga "vyzov" tashlandi!
"UFC on ESPN 67" turnirida Bo Nikalni taslim etgan niderlandiyalik Rene de Ridder (20-2) chechenistonlik Xamzat Chimaev (14-0) bilan jang qilmoqchi.
"Men UFC da hozirga qadar 3 ta jang, jami 6 raund o‘tkazdim. Shu bois Xamzat bilan bahs qanday bo‘lishi haqida tasavvurga egaman. Shuningdek, u bilan to‘rt-besh yil oldin shug‘ullanganman. Uning birdan oldinga otilishi va zudlik bilan orqaga qaytishi hali hamon o‘sha-o‘sha. Bunday uslub istalgan raqibni qo‘rqitadi. Ammo meni emas. Men uni albatta engaman!" - dedi niderlandiyalik.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev oxirgi jangida Robert Uittakerni 1-raundda sabmishn evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar