Hamzat Chimaevning murabbiyi: "UFC rossiyaliklarga mazkur promoushenda jang qilishga ruxsat bermasligi mumkin"
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Hamzat Chimaevning murabbiylaridan biri Alan Do Nascimento "Borz" BAA fuqarosi bo‘lgani uchun endi Rossiya vakili emasligini aytdi.
"Biz shunchaki UFC nima qaror qabul qilishini kutyapmiz. Ular rossiyaliklarga mazkur promoushenda jang qilishga ruxsat berilmasligi haqida ko‘plab mish-mishlarni eshitdik.
Chimaevga kelsak, u endi rossiyalik emas. U avval Shvetsiya fuqarosi edi, hozir esa BAA vakili hisoblanadi. BAA davlati Hamzatga o‘z pasportini bergan. Chimaevning u yerda uyi ham bor, ingliz tilini ham biladi. Shuning uchun Hamzatga Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida jang berishlari mumkin", - dedi Nascimento.
Fikrlar