Xanchjou-2022. Kun davomida sportchilarimiz qanday natijal qayd etdi? Nechta medal qo‘lga kirittik?

  • 5 oktabr, 2023, 06:36
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Assalomu Alaykum qadrli sport ishqibozlari. Osiyo o‘yinlari musobaqasining navbatdagi kuniga start beramiz. Bugun, bir nechta hamyurtlarimiz yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda himoya qiladi.

Tecno

Sizga qulay bo‘lishi uchun, yangiliklar avtomatik ravishda shu xabar ostida berib boriladi. Shunchaki, uni yangilab tursangiz bo‘lgani! Kun davomida atletlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

06:30. Marafon sport turida ishtirokini boshlagan Shoxrux Davlatov o‘n olti sportchi ishtirok etgan musobaqada to‘qqizinchi natijani qayd etdi.

6:46. Jiu-JItsu musobaqalaridagi ikki sportchimiz – Xusrav Xolov va Hasanjon Nabiev raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

4ushpsh43posh34op3

6:58. Slalomda eshkak eshish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etayotgan – Anvar Klavlev munosib ishtirok bilan Osiyo o‘yinlarini boshladi.

07:05. Velosportchilarimiz ham ishtirokini boshlab yuborishdi. Dmitriy Bocharov, Murodjon Xolmurodov, Bekzod Rahimbekov va Akramjon Sunnatovga omad tilab qolamiz!

07:12. Kurashchi qizimiz Jasmina Immaeva hindistonlik polvon qiz bilan bahsda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

12312tsvu

07:42. Yunon Rum kurashi Temurbek Nasimov nimchorak finalda yaponiyalik raqibini yirik (9:0) hisobida engib keyingi bosqichga yo‘l oldi.

07:53. Yunon Rum kurashi. Rustam Assakalov kutilmaganda eronlik Muhammad Saraviga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

pu423putsp43p

08:20. Temirgaliev va Boltaboev ham yarim final masalasini ijobiy hal qilishdi

Baydarka slalomida erkaklar o‘rtasidagi birinchi saralash bahsi yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jonibek Temirgaliev to‘rtinchi, Shahobiddin Boltaboev esa beshinchi natija bilan 7-oktyabr kuni o‘tadigan yarim finalga yo‘llanma olishdi. Eslatib o‘tamiz, kanoechilar bahsida Anvar Klevlev ham yarim final ishtirokchisiga aylangan edi.

08:25. Nasimov chorak finalda

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temurbek Nasimov chorak finalga yo‘l oldi. -130 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan polvonimiz dastlabki bosqichda yaponiyalik Sota Okumura ustidan g‘alaba qozondi.

Afsuski, bugun kurashgan hamyurtlarimiz Rustam Assakalov (-97 kg), Jasmina Immaeva (-53 kg) birinchi bosqichda imkoniyatni boy berishdi. Endi ular raqiblari finalga etib borgan taqdirda bronza medali uchun kurashni davom ettirishadi!

08:55. Yunon Rum kuraщi. Temurbek Nasimov chorak finalda qozog‘istonlik sportchiga imkoniyatni boy berdiyu

3tsutsu

09:05. Laylo Sobirova yarim finalga yo‘l oldi

Ayollar kurashi bahslarida hamyurtimiz Laylo Sobirova (-57 kg) yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Chorak finaldan bahslarga kirishgan sporchtimiz ushbu bosqichda tailandlik Sriprapa Kaevni 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik Sugumi Sakurai bilan bellashadi.

10:00. Rustam Assakalov bronza medal uchun gilamga chiqadi! O‘tish o‘yinida u qirg‘izistonlik raqibini engdi.

Xanchjou-2022: Assakalov, Keunimjaeva hamda Sobirova bronza medali uchun kurashadi

Sport kurashlari bahslarida kechki dasturda gilamga chiqadigan atletlar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili bronza medali uchun bahs olib borishadi. Hamyurtlarimizdan Rustam Assakalov (-97kg) yunon-rum kurashi bahslarida, Aktenge Keunimjaeva (-53 kg) hamda Laylo Sobirova (-57 kg) ayollar kurashi dasturida gilamga chiqishadi. Ularning bu yo‘ldagi raqiblari bilan tanishing:

-97 kg: Rustam Assakalov – Islam Umaev (Qozog‘iston)
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva – Puja (Hindiston)
-57 kg: Laylo Sobirova – Mansi (Hindiston)

11:41. Karate bahslarida hamyurtimiz Bonu Egamberdieva 1/4 final doirasida Iordaniya vakiliga 7:8 hisobida imkoniyatni boy berdi.

12:00. Ayni damda og‘ir atletika dasturidan o‘rin olgan erkaklar o‘rtasida -96 kg vazn toifasida bellashuvlar boshlandi. Vakilimiz Sunnatilla Usarov dast ko‘tarishda 165 kg natija qayd etdi.

12:06. Velopoyga bahslarining 210 km masofaga kechgan poygada vakillarimiz sovrinli o‘rinlarni egallay olishmadi. Murodjon Holmurodov 4:31:11 vaqt bilan to‘qqizinchi, Dmitriy Bocharov esa 4:32:50 vaqt bilan yigirma uchinchi bo‘lib marrani kesib o‘tdi. Behzodbek Rahimboev hamda Akramjon Sunnatov esa poygani yakunlay olmadi.

12:20. Slalomda eshkak eshish bo‘yicha Alibek Temirgaliev 95.38 vaqt bilan o‘z saralash guruhida birinchi bo‘ldi va yarim finalga yo‘l oldi.

12:26. Shaxmatchilarimiz 7-tur o‘yinlarini boshlashgan. Erkaklar terma jamoamiz Koreya Respublikasi, qizlarimiz esa Tailandga qarshi dona surishmoqda.

13:18. Og‘ir atletikachimiz Sunnatilla Usarov siltab ko‘tarishda 190 kg natija qayd etdi. Dast ko‘tarishda 165 kg natija qayd etgan vakilimiz umumiy 355 kg natija bilan musobaqani yakunladi.

14:00. Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika dasturida erkaklar o‘rtasida -96 kg vazn toifasida bahslar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Sunnatilla Usarov dast ko‘tarishda 165 kg, siltab ko‘tarishda 190 kg va umumiy 355 kg natija qayd etdi.

879

14:05. Yunon-rum kurashidan translyatsiyalar boshlandi. 3 nafar sportchilarimiz bronza medali uchun bahs olib borishadi.

14:08. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov faoliyatida uchinchi bor Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi. -97 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda qozog‘istonlik Islam Umaev ustidan g‘alaba qozonib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi. Eslatib o‘tamiz, bungacha Assakalov hisobida Osiyo o‘yinlarining oltin va kumush medallari bor edi.

15:31. Ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aktenge Keunimjaevadan tarixiy g‘alaba. U ushbu sport turida Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. -50 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Pujadan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!