Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida eng koʻp medalni qaysi sport turida qo‘lga kiritganmiz?
Bundan avvalgi XIX Osiyo oʻyinlariga Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan edi.
Ushbu nufuzli kompleks musobaqada dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi medallar jamgʻarish boʻyicha shu paytgacha oʻtkazilgan barcha Osiyo oʻyinlaridagi oʻz rekordini yangilagandi. Shu bilan birga aynan dzyudochilarimiz Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga eng koʻp - 9 ta medallar shodasini taqdim etgandi.
Delegatsiyamizning umumiy medallari taqsimotiga nazar tashlasak, eng katta hissa aynan dzyudoga tegishli. Uchta oltin, 2 ta kumush, 4 bronza, jami 9 ta medal — Oʻzbekiston delegatsiyasining 71 ta medalidan qariyb 13 foizi dzyudochilarimiz hisobiga toʻgʻri kelgandi.

Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar