Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik sportchilar bugungi kunni 4 ta medal bilan yakunlashdi

CHERY AUTO

Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Bugundan sport kurashlari bo‘yicha bellashuvlar start oladi. Dastlab yunon-kurashi ustalari bahslarga kirishishadi. Shuningdek, kun davomida futbolchilarimiz final yo‘llanmasi uchun maydonga tushishsa, og‘ir atletika, velosport, engil atletika, ot sporti turlarida ham medallar jamlanmasi o‘ynaladi.

Tecno

07:31. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mahmud Baxshulloev kurashchilarimizning g‘alabali ishtirokini boshlab berdi. Hindistonlik Niraj bilan bellashgan polvonimiz 5:3 hisobida muvaffaqiyat qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.

photo_2023-10-04_08-02-07

08:35. Yunon-rum kurashi bahslarida kuchlilar saralanmoqda. Islomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloev (-67 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Yana bir necha daqiqadan so‘ng Dilshod Omongeldiev eronlik Amin Kaviyaninejad bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Yarim final juftliklari bilan tanishing:

-60 kg: Islomjon Bahromov – Xanjaye Chung (J.Koreya) / Joloman Sharshenbekov (Qirg‘iz Respublikasi)
-67 kg: Mahmud Baxshulloev – Katsuaki Endo (Yaponiya)
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Masato Sumi (Yaponiya)

photo_2023-10-04_08-37-22

09:40. "Klassik” kurash ustalari o‘rtasida saralash bahslari yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda Jaslgasbay Berdimuratov -87 kg vazn toifasining final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Hamyurtimiz yarim finalda yaponiyalik Masato Sumi ustidan g‘alaba qozondi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan Ilhomjon Bahromov (-60 kg), Mahmud Baxshulloev (-67 kg) bronza medali uchun, shuningdek, chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan Dilshod Omongeldiev (-77 kg) esa uchinchi o‘rin uchun o‘tish bosqichida bahs olib boradigan bo‘lishdi. Berdimuratovning finaldagi raqibi eronlik Nosir Alizoda bo‘ladi.

10:40. Ot sportining konkur bahslarida yakkalik va jamoaviy yo‘nalishda kunning birinchi yarmidan o‘rin olgan bellashuvlar yakunlandi. Quvonarlisi, unda Bahromjon Gaziev boshchiligidagi chavandozlarimiz medallar uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Jamoaviy dasturda dastlabki saralashdan so‘ng faqatgina hindistonlik sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurashdan chiqib ketishdi. Hamyurtlarimiz birinchi chiqishdan keyin ettinchi natijani qayd etib turishibdi. Birozdan keyin medallar uchun bahslar boshlanadi.

11:25. 10 metrli platformadan suvga sakrash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida saralash bahslari yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Igor Myalin 341.30 ball jamg‘ardi. Ushbu natija orqali hamyurtimiz to‘qqizinchi o‘rin bilan finalga yo‘l oldi. Final bahslari Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.

photo_2023-10-04_10-52-49

11:40. Chim ustida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Indoneziya bilan kuch sinashdi. 9-o‘rin uchun bahsda hamyurtlarimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani 10-o‘rinda yakunlashdi.

photo_2023-10-02_12-13-56

12:00. Boks bo‘yicha -51 kg vazn toifasidagi yarim finalda hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tomoya Tsuboiga qarshi bahs yuritdi. Yakunda Hasanboy 4:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, finalga yo‘l olishi bilan birga Parij Olimpiadasiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Endi, vakilimiz Osiyo o‘yinlari g‘olibligi uchun Tailand vakili Titsian Panmotga qarshi jang qiladi.

photo_2023-09-25_17-59-14

12:24. Boks bo‘yicha -80 kg vazn toifasida yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda vakilimiz To‘rabek Xabibullaev xitoylik Tanglaytan To‘xtarbekga qarshi jang qildi.

Juda shiddatli kechgan jangda hamyurtimiz 1-4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, To‘rabek Xabibullaev bronza medalini qo‘lga kiritdi.

photo_2023-10-04_12-21-04

14:25. Yunon-rum kurashida Islomjon Bahromov -60 kg vazn toifasidagi bronza medali uchun bahsda Janubiy Koreya vakili Jung Xanjae bilan bellashdi. Afsuski, hamyurtimiz 5:4 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani medalsiz yakunladi. 

photo_2023-10-04_10-35-30

15:02. Yunun-rum kurashchimiz Mahmud Mahshilloev bronza medali uchun bellashuvda Qirg‘iz respublikasi vakili Razzoq Beshshekeevga yutqazib qo‘ydi va u ham medalsiz qoldi.

16:35. Yunun-rum kurashida Jaslgasbay Berdimuratov -87 kg vazn toifasining finalida eronlik Nosir Alizoda bilan kuch sinashib, hamyurtimiz g‘alaba qozondi va oltin medalga ega chiqdi.

17:20. Xanchjoudan yana bir xushxabar. Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga sazovor bo‘ldi. 17 yoshli sportchimiz qayd etgan 14.09 metr natijani hech bir raqibi yangilay olmadi va Davronova Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishdi.

17:40. Og‘ir atletikachimiz Muhammadqodir Toshtemirov O‘zbekiston delegatsiyasiga kumush medal keltirdi. -81 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz dast ko‘tarishda 159 kg, siltab ko‘tarishda 192 kg, ikki kurashda esa 351 kg natija qayd etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!