Hans-Diter Flik: "Birinchi bo‘limda jamoa ruhsiz ko‘rindi"

  • 13.02.2026 22:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletiko"dan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarni keskin tanqid qildi.

"Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, bugungi mashg‘ulot oldidan bo‘lib o‘tgan suhbatda nemis mutaxassisi jamoa birinchi bo‘limda "ruhsiz, shiddatsiz va kurashish istagisiz" ko‘ringanini ta’kidlagan. Uning fikricha, "Atletiko" esa aksincha, har bir to‘p uchun to‘liq kurashgan.

Murabbiy birinchi bo‘limdagi o‘yin titulalar uchun kurashayotgan va finalga yaqinlashgan jamoaga mutlaqo munosib emasligini aytgan. Flik futbolchilar raqibning har bir epizodda bor kuchini ishga solishini bila turib, qanday qilib yetarli ruhiy tayyorgarliksiz maydonga tushganini tushunmasligini ham bildirgan.

Shundan so‘ng u jamoani La Liga doirasidagi "Jirona"ga qarshi uchrashuvga e’tibor qaratishga chaqirgan va "Atletiko"dan uchralgan mag‘lubiyatni saboq sifatida qabul qilishni tavsiya etgan.

"Barselona" va "Atletiko" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!