Harri Keyn "Borussiya Menxengladbax"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Xarri Keyn o'tgan hafta "Borussiya Dortmund" jamoasiga qarshi bahsda (3:2) olgan jarohati sababli ertangi "Borussiya Menxengladbax"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.
"Bavariya" hujumchisi seshanba kuni jamoa mashg'ulotlarida qatnashmadi. U o'sha kuni "Bild" nashriga bergan izohida: "Jiddiy hech narsa yo'q, muammo ham yo'q", — deya ta'kidlagan edi.
Keyingi kuni u mashg'ulotlarga qaytdi, biroq hali to'liq tiklanib ulgurmagan.
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchining seshanba kuni "Atalanta"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida maydonga tushish-tushmasligi haqidagi savolga javob berdi.
"Biz uning o'yinga tayyor bo'lishini kutyapmiz", — dedi Kompani.

Fikrlar