Xaver Mendes: “Islom Maxachev yangi vazn toifasida hayratlanarli darajada kuchli ko‘rinmoqda”

  • 17.10.2025 17:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

AKA zalining asoschisi va mashhur murabbiy Xaver Mendes o‘z shogirdi Islom Maxachevning jismoniy formasi va tayyorgarligidan hayratda qolganini aytdi. 

“Lagerga bir oycha oldin kelganimda Islomni ko‘rib hayratda qoldim. U haqiqatan ham ajoyib formada edi. Maxachevning mashg‘ulotlarini kuzatar ekanman, uning qanday o‘sayotganiga guvoh bo‘ldim. U bilan ilk sparringni o‘tkazganida esa butunlay lol edim. U yangi vaznga ajoyib tarzda moslashibdi”, — dedi Mendes "MMA Junkie" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Islom Maxachev ilgari engil vazn (70 kg) toifasining chempioni edi. Biroq endi u 77 kg da o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Agar rossiyalik 16 noyabr kuni "UFC 322" turnirida Jek Della Maddalena ustidan g‘alaba qozonsa, yarim o‘rta vaznda chempionga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!