Xaverts: "Rayya — dunyoning eng yaxshi darvozaboni"
"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts jamoadoshi David Raya haqida iliq fikr bildirdi.
Ispaniyalik posbon Chempionlar ligasi chorak finalida "Sporting"ga qarshi o‘tkazilgan ilk uchrashuvda (1:0) maydonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Xavertsning taʼkidlashicha, Raya so‘nggi ikki mavsumda jahon futbolida eng kuchli darvozabonlardan biri emas, balki aynan eng yaxshisidir.
"Ajoyib o‘yin namoyish qildi. Menimcha, u hali ham futbolda yetarlicha qadrlanmayapti. Lekin shaxsan men uchun u so‘nggi ikki mavsumda dunyoning eng yaxshi darvozaboni.
U noodatiy darajada kuchli. Juda ko‘p vaziyatlarda bizni qutqarib qoladi va biz uning jamoamizda borligidan juda xursandmiz", — dedi Xaverts.
Fikrlar