Haverts: "Biz maydonga chiqib, PSJni mag‘lub etamiz"
"Arsenal" yarim himoyachisi Kay Haverts jamoasi Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozonishga ishonayotganini aytdi.
London klubi 30 may kuni turnirning hal qiluvchi bahsida PSJga qarshi maydonga tushadi.
"Rostini aytsam, bu haqida o'ylamayapman — kim favorit, kim underdog ekani muhim emas. PSJ o'tgan yili Chempionlar ligasini yutgan, demak ular o'sha mavsumda Evropaning eng kuchli jamoasi bo'lgan. Bu yil ham ajoyib mavsum o'tkazishdi.
Bizning klub esa finalga ikkinchi marta chiqmoqda, ammo bizda juda katta ishonch bor. Bir necha yildan beri eng yuqori darajada kurashyapmiz va nihoyat Premier-ligada g'olib bo'ldik. Menimcha, bu ham bizga katta turtki beradi.
Sen underdogsanmı yoki yo'qmi — buning ahamiyati yo'q. Biz maydonga chiqamiz va ularni mag'lub etamiz. Olg'a!" — dedi Haverts.

Fikrlar