Xavi “Barsa”ga eng ko‘p sovrin yutgan yulduzni qaytardi

  • 14 noyabr, 2021, 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi jamoaga 38 yoshli himoyachi Dani Alvesni qaytardi, deb xabar bermoqda Sport nashri.

Braziliyalik futbolchi oxirgi jamoasi “San-Paulu”ni tark etib ishsiz yurgandi. Dani Alves ilgani 2008-2016 yillar davomida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan. Xavi bilan birga o‘ynagan futbolchi jami 391 ta uchrashuvda qatnashib, 21 ta gol urgan va jamoadoshlariga 101 marta golli pas oshirgan.

Dani Alves yoshi kattaligiga qaramay, muntazam maydonga tushishni maqsad qilgan. Bu orqali tajribali futbolchi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashish uchun Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olishga erishmoqchi.

Dani Alves faoliyati davomida jami 46 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi. Shu sovrinlarning teng yarmi – 23 tasiga “Barselona”da o‘ynagan sakkiz yil davomida erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!