Xavi "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolash arafasida
Xavi "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Klub va bosh murabbiy o‘rtasidagi muzokaralar so‘nggi haftada katta muvaffaqiyatlarga erishdi, deb xabar beradi "Diario Sport" nashri. Yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi, tomonlar oxirgi tafsilotlarni kelishib olishlari kerak.
Mutaxassis bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xavi "Barselona"ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda ispaniyalikning qo‘l ostidagi jamoa Ispaniya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.



Fikrlar