Xavi “Barselona” uchun yana bir yulduzni tanladi

  • 30.10.2021 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Hali “Barselona”ni rasman qabul qilib olmagan Xavi Ernandes kataloniyaliklar tarkibi uchun o‘zi ishlashni istagan futbolchilarni tanlashda davom etmoqda.

41 yoshli mutaxassis  Kataloniyaga “Bavariya”ning hujumkor futbolchisi Kingsli Komanni olib kelmoqchi. Frantsiyalik yarim himoyachining myunxenliklar bilan yangi shartnoma borasida kelishuvi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Koman Bundesliga chempionidan  maoshini sezilarli darajada ko‘tarishni talab qilmoqda. Biroq, “Bavariya” xo‘jayinlari keyingi paytda katta maosh so‘ragan o‘yinchilar bilan xayrlashishni ma’qul topmoqda.

Kingsli Komanda boshqa variantlar ham bor. Bu o‘yinchiga “Manchester Yunayted” anchadan beri qiziqmoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!