Xavi birinchi g‘alabasiga qanday erishganini aytib berdi
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xavi Millatlar ligasining 2-turida Serbiyaga qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuvni sarhisob qildi. 27 sentabr kuni Belgraddagi «Rayko Mitich» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bu Niderlandiya terma jamoasining Xavi qo‘l ostidagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.
- Biz yuqori pressingda, o‘rta blokda va himoya chizig‘ida yanada samarali harakat qilishimiz mumkin edi. Ammo g‘alabaga munosib edik. Men jamoa to‘pga egalik qilishi va 90 daqiqa davomida pressing qo‘llashini xohlayman. Buning uchun mentalitetni o‘zgartirish talab qilinishi mumkin, ammo men jamoa o‘yini aynan shu tarzda qurmoqchiman.
Serbiya individual jihatdan kuchli jamoa. Tadich, Yovich va Kostich maydonga tushganidan keyin uchrashuvning xarakteri o‘zgardi. Ammo menda g‘alaba bizda qolishi kerak degan taassurot paydo bo‘ldi, - dedi Xavi. Uning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Musobaqaning birinchi turida Niderlandiya Germaniya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi. Xavi shogirdlari guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 1 oktyabr kuni Gretsiyaga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar