
Xavi: Bu futbolchi menga kerak emas!
“Barselona” himoyachisi Samyuel Umtitining hech omadi chopmayapti. Jamoani qabul qilib olgan murabbiy borki uning xizmatlaridan voz kechmoqda.
Frantsiyalik futbolchini avvalgi bosh murabbiylar Kike Seten va Ronald Kuman asosiy tarkibga yaqinlashtirmagan edi. Hatto klub prezidenti Joan Laporta Kumanga aytib ham uni maydonga tushira olmagandi.
“Barselona”ni yaqinda qabul qilib olgan Xavi Ernandes ham Umtitini rejalariga kiritmaganini ma’lum qildi.
Klub mutasaddilari bosh murabbiy qaroriga ko‘ra, Umtitini transferga qo‘yib, yanvar oyining o‘zidaq jamoadan ketishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Samyuel yana jamoadan ketishni istamasa, u bilan tuzilgan shartnoma muddatidan oldin, bir tomonlama bekor qilinadi.
Asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotganiga uch yil bo‘lgan Umtiti joriy mavsumda birorta uchrashuvda qatnashgani yo‘q.
Fikrlar