Xavi endi "Barsa" afsonas emas! Laporta undan o‘ch ola boshladi
"Barselona" sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub afsonalari tarkibidagi o‘yinlarda ishtirok etishdan chetlatildi. Jurnalist Xavi Migelning xabar berishicha, bunga sabab sifatida uning saylovoldi kampaniyasi davomida klub prezidenti Joan Laportani tanqid qilishi hamda prezidentlikka nomzod Viktor Fontni qo‘llab-quvvatlashi ko‘rsatilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Xavi yaqin kunlarda Mayami va Seulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan faxriy futbolchilar uchrashuvlarida maydonga tushish istagini bildirgan. Biroq unga rad javobi berildi.
Afsonalar o‘yinlarini tashkil qilayotgan Luis Sa futbolchi vakillariga Xavining jamoa ro‘yxatida bo‘lishi "maqbul emasligi"ni yetkazgan.
Afsonalar jamoasi tarkibini shakllantirish bilan Alehandro Echevarriya shug‘ullanadi. Xavi avvalroq uni omma oldida tanqid qilgani ma'lum. Klub ichida bu vaziyat hozircha vaqtinchalik muammo sifatida baholanmoqda va kelgusida kelishuv yo‘lida hal etilishiga umid bildirilmoqda.
"Barselona" prezidenti saylovi 2026 yil 15 mart kuni bo‘lib o‘tgan. Unda Joan Laporta 68,18 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan.

Fikrlar