Xavi endi Qatardagi maoshini "tushida ko‘radi"

  • 03.11.2021 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Xavi Ernandes Kataloniya klubida "Al-Sadd"dan ko‘ra kamroq maosh oladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, maoshning salmoqli qismi ma’lum maqsadlarga erishilgandagina to‘lanadi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yaqin vaqtlar ichida imzolanishi aytilmoqda.

41 yoshli Xavi 2019 yildan buyon "Al-Sadd"ni boshqarib kelmoqda. Qatar klubi  uning boshqaruvida jami 7 ta sovrin qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!