Xavi eng kuchli himoyachilardan birini jamoasida ko‘rishni xohlaydi

  • 13.07.2023 16:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Siti" hamda Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanseluni o‘z jamoasiga qo‘shilishini istamoqda. Kanseluning ingliz klubi bilan shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. 

Joauning transfer qiymati 50 million ervoni tashkil qiladi. Shu munosabat bilan "Barselona" o‘ng qanot himoyachisini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Kataloniyaliklar sport direktori Mateu Alemani, Kanseloning agenti Jorje Mendesh hamda "shaharliklar" direktori Ferran Soriano so‘nggi kunlarda ushbu o‘tish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 

Ta’kidlanshicha, Xavi 29 yoshli portugaliyalikning ko‘p qirraliligini juda qadrlaydi. 

O‘tgan mavsumda "Manchester Siti" va "Yuavariya" uchun to‘p tepgan Kanselu 47 bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 11 ta golga hammualliflik qildi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!