
Xavi Gvardiolaning shogirdini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi
Kataloniya "Barselona" jamoasi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kalvin Fillips transferidan hali ham voz kechgani yo‘q.
Jurnalist Fernando Poloning so‘zlariga ko‘ra, 28 yoshli ingliz futbolchisi "ko‘k-anorranglilar"ning qishki tranferlar vaqtidagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Qayd etilishicha, "Barselona" sotib olish optsiyasi bilan shartnomani ijara asosida rasmiylashtirmoqchi. Transferning amalga oshishi ehtimoli juda past.
Kalvin Evro-2024 boshlangunga qadar muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqchi.
Fikrlar