Xavi hujumga zo‘r to‘purar tanladi

  • 25 aprel, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” yozda sobiq futbolchisi Per-Emerik Obameyangni qaytarishga qaror qildi. 33 yoshli to‘purar xizmatiga shaxsan bosh murabbiy Xavi Ernandesning o‘zi qiziqish bildipryapti.

Aslida gabonlik hujumchi 2022 yilni Kataloniya jamoasi safida boshlab, to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan edi. Lekin o‘tgan yoz Tomas Tuxel taklifiga ko‘ra, “Chelsi”ga ko‘chib o‘tdi.

Kutilmaganda “Chelsi” rahbariyati germaniyalik mutaxassisni iste’foga chiqardi. Obameyang esa, o‘yin amaliyotisiz qolib ketdi.

Endi u yozda ispaniyaga qaytib ketmoqchi. “Barselona” hujumchiga tarkibdan joy berishga tayyor.

Xavi Obameyangni olib kelib, asosiy to‘purar Robert Levandovskiga raqobat tug‘dirishni maqsad qilgan. Kataloniyaliklar ro‘yxatida “Liverpul” bilan shartnomasi yakulanayotgan Roberto Firmino bor. Braziliyalik hujumchi kataloniyaliklar bilan hamkorlik bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!