Xavi masalasi tez orada hal bo‘ladi

  • 20 may, 2024, 13:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni omadsiz tarzda o‘tkazayotgan "Barselona" bosh murabbiyi Xavining kelajagi 25 yoki 26 may kuni hal bo‘ladi. 

Murabbiyning ta’kidlashicha, u Laporta bilan gaplashmagan, ammo ketishi haqidagi xabarlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali eshitgan.  

Kecha bo‘lib o‘tgan "Rayo Valekano"ga qarshi bellashuvdan so‘ng murabbiy hamda klub prezidenti o‘zaro qo‘l siqib ko‘rishgan. Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar 25 yoki 26 may kuni uchrashadi. 

Avvalroq, Laporta Xavining "Barselona" top klublar bilan raqobatlasha olmasligini aytgan intervyusidan g‘azablanib, uni bo‘shatishga qaror qilgani haqida xabarlar chiqqandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!